11:54 / 19.02.2020
0
4620

Toshkentda 2-xalqaro aviatsiya forumi sanasi e’lon qilindi

Ikkinchi xalqaro aviatsiya forumi 2021 yil 3-4 mart kunlari bo‘lib o‘tadi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov nutq so‘zladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda 2-xalqaro aviatsiya forumi 2021 yil 3-4 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

UAALF 2020 xalqaro forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Kuvayt, Misr, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi ko‘plab davlatlardan 60dan ziyod eksponent, 300 delegat va 1200 mutaxassis, jumladan xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya hamda transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtirok etmoqda.

Bundan oldin, Aziz Abduhakimov O‘zbekiston har bir charter reysga necha ming dollar kompensatsiya taqdim etishini aytgandi.

Shuningdek, O‘zbekistonga har yili 12 milliondan ortiq kishi tashrif buyurishi borasida rejalar mavjudligi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Aziz Abduhakimov O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviareyslar yetishmayotganini bildirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top