02:57 / 20.02.2020
0
9598

YeChL. «Tottenhem» o‘z uyida yutqazdi, «Atalanta» «Valensiya»ni yirik hisobda taslim etdi

Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan  dastlabki o‘yinlari davom ettirildi.

Mourino boshqaruvidagi «Tottenhem» o‘z maydonida «Leypsig»dan mag‘lubiyatga uchradi, yagona golni Timo Verner penaltidan kiritdi.

«Atalanta» esa o‘z maydonida «Valensiya»ni ayab o‘tirmadi. Mezbonlar safida Hatebur (2ta), Pashalich va Froylerning gollariga mehmonlardan Cherishev faqat bir marta javob berdi.

Bu juftliklardagi javob o‘yinlari 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

YeChL, 1/8 final, 19 fevral

Tottenhem – Leypsig 0:1
«Tottenhem Stedium»
Gol: Verner (58, penalti).
Tottenhem: Loris, Sanches, Devis, Ore, Alderveyreld, Lo Chelso, Jyedson (Ndombele, 64), Uinks, Moura, Bergveyn, Alli (Lamela, 64).
Leypsig: Gulachi, Klostermann, Mukiyele, Anxelino, Ampadu, Nkunku (Aydara, 74), Laymer (Forsberg, 83), Zabitser, Halstenberg, Verner, Shik (Poulsen, 77).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (10), Zabitser (12), Verner (33), Devis (56), Nkunku (72).

Atalanta – Valensiya 4:1
«San-Siro»
Gollar: Hatebur (16, 62), Ilichich (42), Froyler (57) – Cherishev (66).
Atalanta: Gollini, Hatebur, Gosens, Toloi, Kaldara (Sapata, 75), Gomes (Malinovskiy, 81), Froyler, Pashalich (Tamez, 90+2), de Ron, Ilichich, Palomino. 
Valensiya: Domenek, Gayya, Diakabi, Mangalya, Vass, Soler, Kondogbia, Ferran Torres, Parexo, Gedesh (Cherishev, 64), Maksi Gomes (Gameyro, 73).
Ogohlantirish: Hatebur (79).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top