10:03 / 21.02.2020
0
31401

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Saidmurod Aminjonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Joriy yilning 20 fevral kuni Farg‘ona viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda prezident maslahatchisining o‘rinbosari Olim Soliyev hamda prezident administratsiyasining mas'ul xodimi Furqat Xo‘jayev qatnashdi.

Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Olim Soliyev Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan Saidmurod Aminjonov viloyat hokimi o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshlig‘i, Komila Kavlanova uning 1-o‘rinbosari, Topvoldi Xoldorov va Dilmurod Asqarov o‘rinbosar lavozimiga tavsiya etilgani, prezident Shavkat Mirziyoyev bu nomzodlarni qo‘llab-quvvatlaganligini bildirdi.

Saidmurod Aminjonov

Saidmurod Aminjonov Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qarori bilan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top