10:43 / 22.02.2020
0
3059

Yanvar oyida 4,4 trln so‘m qurilish ishlari bajarildi - Davstatqo‘m

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 482,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonda jami 4,4 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surati 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 7,7 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 482,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

Qurilish ishlari 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 5,5 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 0,3 foiz punktga kamayib, 10,8 foizni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Toshkent shahar (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 22,1 foizi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,4 foiz), Navoiy (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 21,2 foizi yoki 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 37,1 foiz) va Buxoro viloyatlariga (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 13,1 foizi, yoki 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 5,6 foiz) to‘g‘ri keldi.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2020 yil yanvar oyida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 69,2 foizi to‘g‘ri kelib, 2019 yilning yanvar oyi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,2 foiz punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 9,2 foizni tashkil etgan holda 3,07 trln so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,9 foiz punktga kamayib, 20,0 foizni tashkil etdi va 887,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 3,9 foizni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 213,3 mlrd. so‘m yoki 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 14,5 foiz qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 4,2 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur'ati 7,4 foizni tashkil etdi. Ularning respublikadagi tutgan ulushi mos ravishda 4,8 foiz va 5,2 foizni tashkil etdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top