02:58 / 23.02.2020
0
8458

La Liga. "Real" "Levante"dan yengilib, yetakchilikni qo‘ldan chiqardi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 25-turi doirasida "Real Madrid" safarda "Levante" bilan kuch sinashdi. Uchrashuv taqdirini 79-daqiqada mezbonlar hujumchisini Moralesning yagona goli hal qildi. 

Shu tariqa, "Real" 53 ochko bilan 2-pog‘onaga tushib ketdi. Ushbu turda g‘alabaga erishgan "Barselona" esa 55 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. 

Levante – Real Madrid 1:0

Gol: 1:0 – 79 Morales.
Levante – Fernandes, Postigo, Tono, Bruno Gonsales, Miramon, Vukchevich, Bardi, Kampanya, Roxer Marti (Melero, 67), Mayoral (Leon, 88), Morales (Martines, 81).
Real Madrid –    Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Marselo, Modrich (Valverde, 81), Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Azar (Vinisius Junior, 67), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Roxer Marti (35), Kazemiro (71).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top