03:32 / 23.02.2020
0
9250

XVJ koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'siri yuqori bo‘lishi mumkinligini bildirdi

Foto: EPA

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov o‘tgan haftada koronavirus sababli Xitoy bilan mahsulot ayirboshlash hajmi pasayishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti kuniga 1 mlrd rublga yaqin mablag‘ yo‘qotayotganini ma'lum qilgandi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi direktori Kristalina Georgiyeva Xitoyda koronavirus tarqalishining jahon iqtisodiyoti rivojiga ta'siri to‘g‘risida fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik tarqalishi XVJning yanvar oyida e'lon qilingan prognoziga o‘zgartirish kiritilishiga olib keladi. O‘shanda 2020 yilda jahon iqtisodiyoti o‘tgan yilga nisbatan 3,3 foizga o‘sishi taxmin qilingandi.

«Ammo keyin koronavirus Xitoydagi biznes faollik pasayishiga olib keldi», — dedi Georgiyeva.

Agarda kasallik tarqalishi yaqin vaqt ichida to‘xtasa, Xitoy iqtisodiyoti avvalgi holatiga shu yilning ikkinchi choragida qaytadi, bu esa jahon iqtisodiyotiga minimal salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Georgiyevaning qayd etishicha, bu holatda yil yakuniga ko‘ra global iqtisodiy o‘sish 3,2 foizni tashkil etadi.

«Ammo biz virus butun dunyo bo‘ylab tarqalganida iqtisodiyotga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatishi ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqdamiz», — dedi Georgiyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir global hamkorlik juda zarur.

«Sog‘liqni saqlash tizimi yomon rivojlangan davlatlar uchun xatar mavjudligini tan olish vaqti keldi», — dedi XVJ direktori.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov o‘tgan haftada koronavirus sababli Xitoy bilan mahsulot ayirboshlash hajmi pasayishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti kuniga 1 mlrd rublga yaqin mablag‘ yo‘qotayotganini ma'lum qilgandi.

So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Xitoydan tashqari yana 28 mamlakatda koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, oxirgi 24 soat ichida virus yana ikki mamlakat - Livan va Isroilga tarqalgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top