14:31 / 24.02.2020
0
8923

Koronavirus sababli Janubiy Koreya parlamenti dezinfeksiya uchun yopildi

Foto: REUTERS

Parlament majlisida qatnashgan Koreya o‘qituvchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Xa Yun Suda shanba kuni koronavirus aniqlangan. Majlisda u bilan muloqotda bo‘lgan bir necha nafar deputat tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Janubiy Koreya parlamentining yalpi majlisi u yerda koronavirusga chalingan bemor aniqlangani uchun bekor qilindi va bino dezinfeksiya qilish uchun yopildi. Bu haqda mamlakat milliy majlisi vakili Xan Min Su ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy majlis binosi va deputatlar ofislari joylashgan binoda 24 fevral kuni dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Bino 26 fevral kuni ochiladi. Shu bois parlamentning dushanba va seshanba kungi yig‘ilishlari bekor qilingan.

Ryonxap agentligining xabar berishicha, parlament majlisida qatnashgan Koreya o‘qituvchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Xa Yun Suda shanba kuni koronavirus aniqlangan. Majlisda u bilan muloqotda bo‘lgan bir necha nafar deputat tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 833 kishi koronavirusga chalingan, yetti kishi vafot etgan, 18 kishi tuzalib ketgan. 

Virus jadal tarqalayotgani sababli Janubiy Koreya hukumati mamlakatda xavflilikning eng yuqori “qizil” darajasini joriy qilishga qaror qildi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top