10:31 / 26.02.2020
0
29560

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘iga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘iga ikki yangi o‘rinbosar, Toshkent va Xorazm viloyatlari IIBda huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga boshliqlar tayinlangan.

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Mayor Azamat Kamilovich Kozimov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Azamat Kozimov

Tayinlovga qadar A.Kozimov Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Farg‘ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan podpolkovnik Dilmurod Qobilovich Asqarov Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Dilmurod Asqarov

Shuningdek, polkovnik Ismatjon Nigmatjonovich Ibragimov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ismatjon Ibragimov

Tayinlovga qadar I.Ibragimov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining to‘rtinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Sardorbek Qabulovich Rahimov Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sardorbek Rahimov

Tayinlovga qadar S.Rahimov Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Mahkam Mirjonovich Vafoyev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mahkam Vafoyev

Tayinlovga qadar M.Vafoyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuzildi.
  • Mahalla va oila masalalari vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi. Vazirlikning hududiy boshqarma va bo‘limlari boshliqlari hokim o‘rinbosari hisoblanadi. 
  • Shuningdek, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i hududlardagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.

Bundan avvalroq Andijon, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top