11:35 / 27.02.2020
0
48504

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: Umra vizasi vaqtincha to‘xtatildi

Saudiya hukumatining ushbu masala bo‘yicha rasmiy qarori va bayonoti bugun e'lon qilinishi kutilmoqda

Foto: AFP/Getty Images

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita umra vizasi vaqtincha to‘xtatilgani haqida ma'lum qildi.

Qo‘mita matbuot xizmat xabarida aytilishicha, Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan e'tiboran, dunyoning barcha mamlakatlari uchun «Umra» vizasi taqdim etishni vaqtincha to‘xtatdi.

Ushbu chora koronavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bildirishicha, Saudiya hukumatining ushbu masala bo‘yicha rasmiy qarori va bayonoti bugun e'lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani xabar berilgandi.

Podshohlikning Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

«Umra amalini bajarish va Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun podshohlikka kirish vaqtincha to‘xtatildi», - deya xabar berdi vazirlik Twitter’da.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top