20:10 / 27.02.2020
0
18103

Eron vitse-prezidenti koronavirusdan zararlandi

Eronning ayollar va oila ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma'suma Abtaxor koronavirusdan zararlandi. 

Masuma Iftixor / Foto: AFP

Bu haqda vitse-prezidentning maslahatchisi IRNA axborot agentligiga ma'lum qilgan.  

“Abtaxor xonimda kasallanishning ba'zi alomatlari paydo bo‘lgani hisobga olinib tahlil o‘tkazildi. Tahlil virus borligini ko‘rsatgan”, deb ma'lum qilgan manba. 

Avvalroq Eronda bir kunda ikki yuqori martabali amaldor koronavirusdan zararlangani ma'lum qilingandi. Eron sog‘liqni saqlash va tibbiy ta'lim vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergan. Shuningdek, Eron parlamenti deputati Mahmud Sodiqiy o‘zining koronavirusga chalinganini ma'lum qilgan. 

27 fevralga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 245 nafarga yetdi, ulardan 26 nafari vafot etgan. Shuningdek, 27 fevralda Eronda koronavirus tarqalishi boshlangandan beri eng ko‘p sonda yangi kasallanganlar qayd qilingan. Ularning soni 100dan ko‘proqni tashkil qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top