13:48 / 27.02.2020
1
11778

Ucell aloqa operatori faoliyatida uzilish ro‘y berdi

Kompaniyadagi manba Kun.uz’ga xabar qilishicha, operator faoliyatidagi uzilish «texnik nosozlik» bilan bog‘liq.

27 fevral kuni Ucell mijozlari aloqa operatori faoliyatidagi uzilishlar to‘g‘risida xabar berishdi.

«Hurmatli abonentlar! Texnik nosozliklar bilan bog‘liq vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Aloqa qisqa muddatda to‘liq tiklanadi», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida. 

Ayni vaqtda aloqa operatori sayti ham ishlamay qolgan. Foydalanuvchilar mobil aloqa va internetdan foydalanishda muammolarga duch kelishgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top