15:14 / 28.02.2020
2
8346

Dilorom Toshmuhammedova: «Nogironlik holatiga tushganlar nima uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishda muammolarga duch kelishi kerak?»

Senat yalpi majlisi muhokamalarida senator Dilorom Toshmuhammedova so‘z oldi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Foto: KUN.UZ

U tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovini yuborish dolzarbligini aytib o‘tdi.

“Taqdir taqozosi yoki hayotning muammolari sababli nogironlik holatiga tushganlar nima uchun tibbiy ko‘rik o‘tish, professional xizmatlarni olish yoki o‘zining mehnat faoliyati, ta'lim olish va boshqa huquqlarini amalga oshirishda nima uchun muayyan qiyinchiliklarga duch kelishlari kerak?” - dedi Dilorom Toshmuhammedova.

U bolalar nogironligi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

“13 foiz nogiron bolalarimiz maktablarga bormaydi. Yosh nogiron o‘g‘il-qizlarimizning uchdan biri hech qanday professional ko‘nikmaga ega emas. 2020 yil - Ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilingan ekan, bu sohada shaffoflikni ta'minlash, internet va elektron texnologiyalarni joriy etish, dunyo hamjamiyatida talab qo‘yilgan to‘liq statistika tizimini yuritishni yo‘lga qo‘yish vaqti kelmadimikan?” - dedi senator.

Uning fikriga ko‘ra, bu masalaga nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo deb qarash kerak. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiyasi qanchalik yuqori saviyada bo‘lsa, ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilsa, ularni ish bilan ta'minlab, jamiyatning faol ishtirokchisiga aylantirilsa, kambag‘allik masalalari ham kamaytiriladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top