Barclays top-menejyerlari 11,2 mlrd funt sterling miqdoridagi mablag‘ni jalb etish uchun investorlarga yolg‘on ma'lumot taqdim etishda ayblangandi.
London hakamlik sudi Britaniyaning Barclays Plc bankining tovlamachilikda ayblangan uch nafar sobiq top-menejyeri - Rojyer Jyenkins, Tomas Kalaris va Richard Boatni oqladi.
Sud hukmi yetti yildan ortiq davom etgan sud jarayonlariga chek qo‘ydi. Ushbu hukm jarayonlarga 15 mln funt sterlingga yaqin mablag‘ sarflagan Britaniya tovlamachilikka qarshi kurashish byurosi (Serious Fraud Office, SFO) uchun jiddiy mag‘lubiyat bo‘ldi, deb yozadi Financial Times gazetasi.
SFO Barclays top-menejyerlarini 11,2 mlrd funt sterling miqdoridagi mablag‘ni jalb etish uchun investorlarga yolg‘on ma'lumot taqdim etishda ayblagandi. Natijada bank 2008 yilda milliylashtirilishdan qutulib qolgandi.
Byuroning ta'kidlashicha, ular 4 mlrd funt miqdoridagi investitsiyani qo‘lga kiritish uchun Qatarga 322 mln funt pul berishgan.
Juma kuni London birjasida Barclays aksiyalari narxi 4,5 foizga pasaydi.