14:03 / 29.02.2020
0
17861

«Liverpul» APL chempioni bo‘la olmasligi mumkin

Foto: PA

Koronavirus xavfi tufayli Angliya chempionati o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin, deb xabar beradi The Telegraph.

Manbaga ko‘ra, koronavirus tez tarqalayotgani uchun hukumat mamlakatdagi barcha sport tadbirlarini bekor qilishi mumkin. Agar APLda ham mavsum to‘xtatilsa, avvalgi natijalar saqlanib qolinishi yoki bekor qilinishi borasida muzokaralar bo‘ladi.

Mavsumning qolgan barcha o‘yinlari bekor qilinsa, Yevrokuboklarda qaysi jamoalar ishtirok etishi masalasi ham muammoga aylanadi. Lekin liga rahbariyati qanday qaror qabul qilsa ham, klublar bunga hech qanday e'tiroz bildirishlari mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, APLda 79 ochko bilan «Liverpul» peshqadam bo‘lib turibdi. Mersisaydliklarni chempionlikdan 4ta g‘alaba ajratib turibdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top