09:35 / 01.03.2020
0
5464

Tojikistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Tojikistonda 1 mart kuni parlamentning quyi palatasi - Majlisi namoyandagonga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Fuqarolar 63 deputatni saylashlari kerak bo‘ladi.

Foto: Wikipedia

Shu munosabat bilan respublikada mahalliy vaqt bilan soat 6dan 3412 ta saylov uchastkasi o‘z ishini boshlagan.

Tojikistonning ovoz berish huquqiga ega 4,9 mln fuqarosi 63 deputatni saylashlari kerak bo‘ladi. Deputatlarning 41 nafari bir mandatli, 22 nafari partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylanadi. Ovoz berish soat 20gacha davom etadi.

Saylovlar 50 foizdan ko‘proq ovoz beruvchilar ishtirok etsa, bo‘lib o‘tgan deb topiladi. Turli xalqaro tashkilotlardan 230dan ko‘proq kuzatuvchi saylovlar borishini kuzatib boradi.

Saylovoldi kampaniyasi 7 ta partiya ishtirokida o‘tgan: Tojikiston Xalq-demokratik partiyasi, Agrar partiya, Iqtisodiy islohotlar partiyasi, Demokratik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Sotsialistik partiya va Kommunistik partiya.

Saylovlarning dastlabki natijalari 2 mart kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top