16:39 / 02.03.2020
0
5596

Tojikistonda hukmron partiya parlament saylovlarida g‘alaba qozondi

Xalq demokratik partiyasi 12ta mandatga ega bo‘ldi

Foto: Mixail Yegikov/TASS

Tojikistondagi parlament saylovlarida hukmron Xalq demokratik partiya 50,4 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Tojikiston Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzoda tomonidan brifingda ma'lum qilindi.

«Tojikiston Xalq demokratik partiyasi parlament saylovlarida 50,4 foiz ovoz to‘pladi», - deya xabar berdi Xudoyorzoda. Markaziy saylov komissiyasi rahbari ta'kidlaganidek, hukmron partiya qonunchilik organida 12ta mandatga ega bo‘ldi.

Tojikiston parlamenti quyi palatasiga saylovlarda saylovchilarning 86,4 foizi ishtirok etdi. «Tojikiston Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, parlament saylovlarida ishtirok etganlar soni 86,4 foizni tashkil etdi», - dedi Xudoyorzoda.

Markaziy saylov komissiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, partiyalar ro‘yxati bo‘yicha Iqtisodiy islohotlar partiyasi (16,61 foiz ovoz) va Agrar partiya (16,5 foiz ovoz) respublika parlamentiga kirdi, ular to‘rttadan mandatga ega bo‘ldi. Shuningdek, Sotsialistik va Demokratik partiyalar bitta mandatga ega chiqdi, ular besh foizlik to‘siqdan o‘tdi. Xudoyorzodaning so‘zlariga ko‘ra, oltita partiya parlamentdan joy oldi. Tojikiston Kommunistik partiyasi xabariga ko‘ra, ular bir mandatlik okruglar bo‘yicha parlamentga kirdi.

Tojikistonda 1 mart kuni parlamentning quyi palatasi - Majlisi namoyandagonga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Deputatlarning 41 nafari bir mandatli, 22 nafari partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylandi. Saylovoldi kampaniyasi 7 ta partiya ishtirokida o‘tgan: Tojikiston Xalq demokratik partiyasi, Agrar partiya, Iqtisodiy islohotlar partiyasi, Demokratik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Sotsialistik partiya va Kommunistik partiya.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top