22:08 / 03.03.2020
0
11512

AQSh BMT Xavfsizlik kengashiga «Tolibon»dan terrorchi maqomini olib tashlashni so‘rab murojaat qildi

Sanksiyalarni olib tashlash to‘g‘risidagi qaror 29 maygacha qabul qilinishi mumkin.

Foto: AFP

AQSh BMT Xavfsizlik kengashiga "Tolibon" harakatidan terrorchi maqomi va sanksiyalarni olib tashlashni so‘rab murojaat qildi, deb ma'lum qildi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Kabulov.

"Nyu-Yorkdagi hamkasblarimiz murojaat qildi va biz ham ish olib bormoqdamiz. Bu mavzudagi maslahatlashuvlar davom etmoqda", - dedi Kabulov. 

Uning qayd etishicha, sanksiyalarni olib tashlash to‘g‘risidagi qaror 29 maygacha qabul qilinishi mumkin.

29 fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzoladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top