15:55 / 03.03.2020
0
10554

Avstriya kansleri Turkiyaga bosim o‘tkazishga chaqirdi 

Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy migrantlarning YeI, Gretsiya hududiga o‘tishga urinishlari Turkiya rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan. 

Foto: EPA-EFE/CHRISTIAN BRUNA

Yevropa ittifoqi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an noqonuniy migrantlardan o‘z siyosiy maqsadlarida YeIga qarshi foydalanmasligi uchun unga bosim o‘tkazishi kerak. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hukumatning favqulodda yig‘ilishi yakunida aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy migrantlarning YeI, Gretsiya hududiga o‘tishga urinishlari Turkiya rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan. 

"Prezident Erdo‘g‘an o‘zining noinsoniy harakatini o‘zgartirishi va migrantlardan o‘z siyosiy maqsadlarida foydalanishni davom ettirmasligi uchun birgalikda bosim o‘tkazish kerak. 2015 yil takrorlanmasligini birgalikda ta'minlashimiz kerak", - dedi Kurs.

"Migrantlar Gretsiyaga Idlibdan, ya'ni Suriyadan kelmayapti. Bu odamlarning bir qismi uzoq yillardan beri Turkiyada. Prezident Erdo‘g‘an bu jarayonni ongli ravishda tashkillashtirdi. Avtobuslar berilyapti, migrantlarga ma'lumotlar taqdim etilyapti. Gretsiyaga yurishni ongli ravishda uyushtirishga urinishyapti. Prezident Erdo‘g‘an odamlardan Yevropa ittifoqiga qarshi to‘p, qurol, bosim vositasi sifatida foydalanmoqda", - dedi u.

Gretsiyaning Turkiya bilan chegarasida vaziyat keskinlashgan. Shanba kunidan buyon noqonuniy migrantlarning chegarani kesib o‘tishga bo‘lgan 24 mingdan ortiq urinishining oldi olindi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top