22:53 / 03.03.2020
0
13687

Xayriya natijasi: Qurbonbek aka uyli bo‘ldi

Kun.uz tahririyati yordam muhtoj vatandoshlarimiz holidan xabar olish, ularning og‘irini yengil qilishda sababchi bo‘lishni o‘z faoliyatining bosh mezonlaridan biri qilgan. 2 mart kuni tahririyatning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari va veb-sahifasida «Kim bo‘lsa ham yordam bergandan Xudo rozi bo‘lsin, juda xor holatda qoldim» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi

Toshkent viloyati hamda Yangiyo‘l tuman hokimligining amaliy sa'y-harakatlari bilan 3 mart kuni Qurbonbek aka 2 qavatli ijtimoiy uylardagi 3 xonali xonadonga ko‘chirib o‘tkazildi. Shu munosabat bilan Kun.uz muxbiri viloyat va tuman mutasaddilari bilan birgalikda Qurbonbek akaning yangi xonadonida bo‘ldi. 

-  Men juda ham xursandman, yurtboshimizdan, sizlardan, viloyat hokimligi va tuman hokimidan juda minnatdorman. Juda hursand bo‘lib ketdim. Men o‘ylovdimki, men hech kim qaramaydi, deb. Alhamdulillah, mana shu xonadonlarga kirib keldim. Kim xizmat qildi, kim xarajat qildi, hammalari iymonli-insofli, baxtli-saodatli bo‘lishsin. 

Bizlarning o‘zbeklardek odamlar yo‘q ekan. Internetda chiqqandan boshlab, telefon qo‘ng‘iroqlari tinmaydi. Amerikadan, Koreyadan, Rossiyadan, Qozog‘istondagi o‘zbeklarimiz baraka topsin, bizlarning millatimizga yetadigan millat yo‘q ekan. Men insongarchilik bizda qolmadi, deb o‘ylagan edim, hammasi bizda ekan. Xudoga ming shukr. Prezidentimiz sharofati bilan shunday darajaga erishib turibman. Ayniqsa, yordamga shoshilayotgan insonlar ko‘pligini aytmaysizmi? Ilohim, hammalaringiz baxtli bo‘linglar!

Tuman hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nilufar Normirzayevaga ko‘ra, tumanda 206 mingdan ortiq fuqaro bo‘lib, bugungi nogironligi bor, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ko‘mak berish borasida maxsus dastur ishlab chiqilgan. Tumanning Umid mahallasida 5ta ikki qavatli binolar ijtimoiy uylar sifatida qayta ta'mirlangan, buning 1,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. 2019 yil avgustida 10 kishi, dekabr oyida 18 fuqaro shu uylardagi xonadonlarga ko‘chib o‘tgan. Endilikda, ijtimoiy himoyaga muhtoj yana bir fuqarolardan biri Qurbonbek Tursunov ham shu yerga ko‘chib keldi. 

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top