O‘tgan haftada Lombardiya prezidenti Attilio Fontana ham yaqin xodimi koronavirusga chalingani aniqlanganidan so‘ng o‘z ixtiyori bilan karantinga joylashgandi.
Italiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Stefano Patuanelli 25 fevralda Lombardiya oblasti iqtisodiy rivojlanish asessori Alessandro Mattinsoli bilan uchrashgani uchun 10 martgacha o‘z ixtiyori bilan karantinga joylashdi. Mattinsolida koronavirus aniqlangan.
Mattinsoli koronavirusga chalingani to‘g‘risida OAV dushanba kuni xabar bergandi. Uning Lombardiyadagi barcha hamkasblari tekshiruvdan o‘tkazilgan va ularning kasallikka chalinmaganligi aniqlangan.
Mattinsoli 25 fevralda iqtisodiy rivojlanish vaziri Stefano Patuanelli bilan 15 daqiqa suhbatlashgani ma'lum bo‘lgach, vazir tibbiy tekshiruvdan o‘tgan. Unda koronavirus aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, Patuanelli ehtiyot chorasi sifatida o‘z ixtiyori bilan karantinga joylashdi.
O‘tgan haftada Lombardiya prezidenti Attilio Fontana ham yaqin xodimi koronavirusga chalingani aniqlanganidan so‘ng ana shunday qaror qabul qilgandi.
Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 2502 kishiga yetdi, 79 kishi infeksiya qurboniga aylandi.