14:29 / 06.03.2020
0
15745

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Kunduzi havoning nisbatan sovuq bo‘lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda 

Foto: KUN.UZ

Bugun va dam olish bayram kunlarida O‘zbekiston hududi markazi shimoliy Ural hududi ustida joylashgan sovuq antitsiklon chegarasi ta'sirida bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 7 martga o‘tar kechasi mamlakatning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Tungi harorat 0 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi havoning nisbatan sovuq bo‘lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda. 

Kunduzgi harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik haroratdan sal pastdir.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top