12:20 / 06.03.2020
1
29434

Maktablarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 15 martdan ta'til e'lon qilinishi haqidagi ma'lumot noto‘g‘ri - XTV

O‘quvchilar 21 mart kunidan navbatdagi ta'tilga chiqadi. Ta'til yetti kun davom etadi

Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 15 mart kunidan boshlab ta'til e'lon qilinishi haqida ma'lumot tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi mazkur tarqatilgan ma'lumot noto‘g‘riligini ma'lum qildi. O‘quvchilar o‘tgan yillarida bo‘lganidek, 21 mart kunidan navbatdagi ta'tilga chiqadi. Ta'til yetti kun davom etadi.

Ta'kidlanishicha, Xalq ta'limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan muntazam aloqada.

“Shu bilan birga, Xalq ta'limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi va ular maktablarga tarqatildi.

Xalq ta'limi vazirligi zaruriyat tug‘ilganda vaziyat rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qilib boradi”, - deyiladi XTV xabarida.

Bundan oldin, O‘zbekistondagi barcha bog‘chalarda va ta'lim muassasalarida koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishi xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top