13:31 / 06.03.2020
0
9963

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilyapti

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

Foto: O‘zA

Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

a) paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlarining bino va inshootlari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga baholangan qiymatda 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi;

b) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlarining bino va inshootlarini sotish 2 yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan davrda modernizatsiya qilish shartlarida amalga oshiriladi;

v) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga paxta tozalash korxonalari va tayyorlov maskanlarining mavjud dastgohlari va boshqa asosiy vositalarini ijaraga berish:

modernizatsiya qilish davrigacha amalga oshirilishi mumkin;

mulk solig‘ini inobatga olgan holda davlat mulkiga belgilangan eng past stavkalarda amalga oshiriladi.

«O‘zpaxtasanoat» AJga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga sotish nazarda tutilgan paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining baholash qiymatidan quyidagi chegirmalarni taqdim etish masalasida paxta tozalash zavodlarining boshqaruv organlarida tashabbus bilan chiqish tavsiya etiladi:

bir yil mobaynida to‘langanda — 50 foiz miqdorida;

ikki yil mobaynida to‘langanda — 40 foiz miqdorida;

uch yil mobaynida to‘langanda — 30 foiz miqdorida.

Bunda paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining chegirmalarni hisobga olgan holdagi bahosi ularning balans qiymatidan past bo‘lishi mumkin emas.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini tashkil etish faqatgina almashlab ekishni inobatga olgan holda joylashtirilgan paxta xomashyosini joylashtirish bilan o‘zaro bog‘liq holda tashkil etiladi.

Shu maqsadda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat xokimliklari hosil yilidan oldingi yilning 1 sentyabridan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga fermer xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, shuningdek paxta-to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi shartnoma munosabatlaridan ozod bo‘lgan paxta maydonlarining miqdori va joylashuvi bo‘yicha takliflarni kiritadi.

Fermer xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, shuningdek paxta-to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi shartnoma munosabatlaridan ozod bo‘lgan paxta maydonlari deb quyidagilar hisoblanadi:

paxta xomashyosini mustaqil yetishtirish yoki fermerlardan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha xarid qilish uchun paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari (klasterlar)ga oldinroq ajratilmagan yoki biriktirilmagan yer maydonlari;

ilgari yoki uzoq vaqt qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirilmagan qayta o‘zlashtirilayotgan yoki qayta tiklanayotgan yer maydonlari;

yerdan foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasi shartlarini qo‘pol ravishda tizimli buzib kelish munosabati bilan fermer xo‘jaliklaridan qaytarib olingan yer maydonlari;

shartnomasi shartlarini qo‘pol ravishda tizimli buzib kelish munosabati bilan paxta-to‘qimachilik klasterlaridan olib qo‘yilgan yoki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlaridan ajratilgan fermer xo‘jaliklari yer maydonlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari takliflari tomonidan paxta va to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilariga (klasterlarga) o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat paxta-to‘qimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari.

Fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomaviy munosabatlardan, shuningdek, fermer va paxta va to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlardan ozod bo‘lgan yerlar haqidagi ma'lumotlar hosil yilidan oldingi yilning 15 sentyabridan kechiktirmasdan ommaviy, jumladan elektron axborot vositalarida e'lon qilib boriladi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterini tashkil etish huquqini berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maxsus ishchi guruh takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qilish orqali taqdim etiladi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterini tashkil etish huquqini olish uchun ariza beruvchi hosil yilidan oldingi yilning 1 oktyabridan kechiktirmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimligiga yozma ariza beradi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

ishtirokchi-tashkilotchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;

talab etiladigan yer maydonlari hajmi va o‘rni, o‘zi mustaqil yoki fermerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida paxta xomashyosini yetishtirish kesimida paxta maydonlari hajmi va joylashuvi, rejalashtirilayotgan hosildorlik, paxta xomashyosini birlamchi qayta ishlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport hajmlari, yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek moliyalashtirish manbalari nazarda tutilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish va/yoki klaster faoliyatini tashkil etish biznes-rejasi (kamida uch yillik);

paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va/yoki klasterni tashkil etish uchun zarur infratuzilmani joylashtirish uchun yer maydonlariga ehtiyoj va joylashtirish manzili;

talabgorning xizmat ko‘rsatuvchi bankidan oxirgi 12 oy faoliyati bo‘yicha aylanmasi to‘g‘risidagi hamda moliyaviy holati bo‘yicha baholangan ma'lumotnoma;

talabgorning mavjud paxta tolasini qayta ishlash va to‘qimachilik-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari obektlari, shuningdek (xohishga ko‘ra) boshqa mulki to‘g‘risida ma'lumot.

Talabgorga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterni tashkil etish huquqini berishning asosiy mezonlari bo‘lib:

talabgorda paxta tolasini qayta ishlash va/yoki chuqur qayta ishlash quvvatlarining mavjudligi;

paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va/yoki klaster tashkil etish uchun biznes-reja amalga oshirish uchun yetarli hajmda o‘z yoki qarz moliyaviy mablag‘larning tasdiqlangan manbalari, shuningdek paxta tolasini chuqur qayta ishlash quvvatlarining (shu jumladan kooperativ asosda) mavjudligi, yerning meliorativ va sifatini yaxshilash, paxta xomashyosi hosildorligini oshirish, zamonaviy suv va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy yetish, paxta xomashyosini yig‘ib-terib olishni mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish va boshqalar nazarda tutilgan chora-tadbirlarning mavjudligi;

to‘qimachilik, asosan chuqur qayta ishlash jarayonlaridan olingan mahsulotlarni eksport qilish shartnomalarining mavjudligi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari ariza berilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida arizaga ilova qilingan hujjatlarni, jumladan talabgorni taqdimotga taklif etish orqali, o‘rganib, uning belgilangan mezonlarga muvofiqligi va keyingi bosqichda qaror qabul qilish uchun hujjatlarni qabul qilinganligi yoki hujjatlardagi kamchiliklarni asoslantirgan holda yoki uning mezonlarga javob bermasligi to‘g‘risida talabgorga ma'lumot beradi.

Talabgor hosil yilidan oldingi yilning 1 oktyabridan kechiktirmasdan hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta topshirishga haqli.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top