17:23 / 06.03.2020
0
8785

Xitoy O‘zbekistondan gaz importini to‘xtatmagan

O‘zbekiston Xitoyga o‘z gazini yetkazib berishni to‘xtatmadi. Bu haqda respublika Energetika vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar qildi.

Foto: REUTERS/Stringer/Files

Avvalroq, Reuters agentligi PetroChina koronavirusning tarqalishi sababli tabiiy gaz importi, jumladan, STG (suyultirilgan tabiiy gaz) va gaz quvurlari orqali yetkazib beriladigan gaz bo‘yicha favqulodda holat e'lon qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

«O‘zbekiston odatdagidek Xitoyga gaz eksport qilishni davom ettirmoqda», - deya xabar berdi Energetika vazirligi.

Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy shirkati quvurda gaz yetkazib beruvchilarga, shuningdek kamida bitta STG yetkazib beruvchisiga favqulodda holat to‘g‘risida xabarnoma yuborgan.

PetroChina rasmiy ravishda favqulodda holat haqida e'lon qilgani yo‘q. Agentlik fors-major importning qanday hajmi, qaysi yetkazib beruvchilar va qaysi davrga tegishli ekani to‘g‘risida ma'lumot bermagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top