16:38 / 07.03.2020
0
11351

Boeing 737 MAX halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar ma'lum qilindi

Foto: AP

Ma'lumotlarga ko‘ra, Boeing 737 MAX samolyotining halokatga uchrashiga asosiy sabab loyihalash jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan texnik nosozliklar natijasida kelib chiqqan. Biroq tekshiruvlardagi asosiy ma'lumotlar haligacha sir tutilmoqda.

“Bu kabi muammolarning kelib chiqishi Lion Air va Ethiopian Airlines kompaniyalarining parvozlariga hamda ularning saviyalariga jiddiy putur yetkazdi”, deyiladi AQShdagi transport va infratuzilma qo‘mitasida o‘tkazilgan dastlabki tergov hisobotida. Unda, shuningdek, Federal aviatsiya ma'muriyati (FAA) nazorati keskin tanqid qilindi. Ular sertifikatlash jarayonlarida MAX`dagi asosiy xavfsizlik muammolarini aniqlay olishmagan.

Federal aviatsiya ma'muriyati o‘z bayonotida yakuniy xulosalarga kelmasdan turib, izoh bera olmasliklarini ta'kidlashdi. Biroq FAA aviahalokatni tekshirishga javobgar hisoblanmaydi. Chunki ular samolyotlarni sertifikatlashtirishga mas'uldir.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabrda Indoneziyaning Lion Air kompaniyasiga qarashli Boeing 737 MAX samolyoti qulab tushishi oqibatida 189 kishi halok bo‘lgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top