16:34 / 09.03.2020
0
8242

965 mln so‘mlik imtiyozdan noqonuniy tarzda foydalanmoqchi bo‘lganlar fosh bo‘ldi

Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali noqonuniy imtiyoz olishga urinish bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida fosh etildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, fuqaro X.A. tomonidan 485 million so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan “Howo” rusumli yuk transport vositasining yorliqlaridagi ma'lumot bilan transport vositasining holatini tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Natijada, mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek 2017 yilda emas, balki 2014 yilda ishlab chiqarilganligi ma'lum bo‘ldi.

 Yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro K.Sh.ga tegishli Howo rusumli yuk avtotransport vositasi ham tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o‘tkazishdi.

 Ma'lum bo‘lishicha, 480 million so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan mazkur transport vositasi ham 2017 yilda emas, balki 2012 yilda ishlab chiqarilganligi ma'lum bo‘ldi.

 Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top