21:00 / 09.03.2020
8652

Sudan bosh vaziriga suiqasd qilindi 

9 mart kuni Sudanda mamlakat bosh vaziri Abdulla Hamdukga suiqasd qilindi. Voqea oqibatida bosh vazirga ziyon yetmagan.

Abdulla Hamduk / Foto: AP (arxiv)

Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bosh vazir korteji poytaxt Xartum orqali o‘tayotganda avtomobil ko‘prigi ostida qo‘yilgan avtomobildagi qo‘lbola portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. 

Voqea oqibatida Hamdukga ziyon yetmagan. U xavfsiz joyga yetkazilgan. 

Ta'kidlanishicha, bosh vazirga hamrohlik qilga odamlardan biri yengil jarohat olgan. Shuningdek, kortejdagi ikkita avtomobilga kichik zarar yetgan.  

Foto: Al Arabiya

Hamduk mamlakatda harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakatni 30 yil boshqargan Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlatilgandan bir necha oy o‘tib, 2019 yil avgustdan Sudan hukumatiga boshchilik qila boshlagan.

Ayni vaqtda mamlakatni harbiylar boshqarmoqda va ta'kidlanishicha, ular hokimiyatni fuqarolik shaxslariga berishga shoshilishmayapti.

Mavzuga oid
Top