15:00 / 09.03.2020
23652
Reklama

Yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishni xohlaysizmi?

Foto: Kasaba Samarqand

Har bir inson uzoq ish faoliyati davomida sayohat qilishni xohlaydi. Ayniqsa bu sayohat o‘z yaqinlari, oilasi, hamkasblari, do‘stlari bilan bo‘lsa unutilmas onlarga boy bo‘ladi. Rost, shunday kunlar butun umr yodda qoladi.

«Kasaba Samarqand» UK sayyohlik agentligi yurtimiz aholisiga bunday imkoniyatni taqdim etib kelmoqda.

«Bizning «Kasaba Samarqand» UK sayyohlik agentligimiz Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘ylab o‘z xizmatlarimizni  taqdim etmoqdamiz. Yurtimizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shaxrisabz, Farg‘ona vodiysi va boshqa tarixiy shaharlariga uyushtiriladigan qiziqarli sayohatlar, diqqatga sazavor joylarga ekskursiyalar, muqaddas joylarimizga ziyoratlar, ko‘ngil ochar dasturlar chinakam maroqli bo‘lyapti. Shuningdek, tog‘ va tog‘oldi, suv bo‘yi hududlarida joylashgan Zomin, Chimyon, Amirsoy, Aydarko‘l, Chorvoq va shu kabi dam olish oromgohlariga boruvchi sayohatchilarimiz ham ko‘p. Arzon narx va sifatli xizmat bunga asos bo‘lmoqda.

Sayohat davomida zamonaviy transportlar, mehmonxonalar, oshxonalar va malakali gid-ekskursovodlar xizmat ko‘rsatadi. 

Hozirgi kunga kelib, sayyohlik agentligimiz respublikamizning ko‘plab kasaba uyushmalari, tashkilot va muassasalar, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Ular o‘z mehnat jamoalarini madaniy hordiq chiqarish maqsadida yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga olib chiqmoqdalar. Shuningdek, mahallalardagi faollar, xotin-qizlar qo‘mitalari agentligimizning xizmatlaridan doimiy foydalanib kelyapti», - deydi agentlik direktori Abbos Hazratqulov.

Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tashabbusi bilan 2020 yilning 1 mart kuni bir vaqtning o‘zida Samarqand viloyatidagi tuman va shaharlarda, olis qishloqlarda turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 675 nafar xotin-qizlar uchun «Muqaddas ayol» nomli sayohat dasturi tashkil etildi. Uning doirasida sayohatchilar Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalar bilan tanishdi. Dastur so‘nggida Samarqand shahridagi «Diyora» bazmgohida bayram tadbiri o‘tkazildi va sayohatchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Ta'kidlanishicha, sayohat narxi sayohatchilar soniga qarab belgilanadi. Ularning soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, narx ham shuncha arzon bo‘ladi. O‘ttiz besh va undan ortiq kishilik guruhlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

Shu bilan birga, joriy yilning 24-27 mart kunlari yurtimiz aholisi uchun Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bo‘ylab to‘rt kunlik sayohat dasturi tashkil etiladi.

Barchani unutilmas sayohatga taklif etamiz!

Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bo‘ylab «BUYuK IPAK YO‘LI» nomli to‘rt kunlik sayohat dasturi:

1-kun (24.03.2020)

08:00-Sayohatchilar Samarqand shahrida yig‘iladi (Universitet xiyobonida).

09:00-Ekskursiya. Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Toshkent ko‘chasi bo‘ylab sayr, Bibixonim masjidi va maqbarasi, Hazrati Xizr masjidi, O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimovning maqbaralariga ziyorat.

12:30-Tushlik.

13:30-Ekskursiya. Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda ansambli, Siyob bozori.

18:00-Mehmonxonaga joylashiladi.

19:30-Kechki ovqat.  

21:30-Birinchi kun yakunlanadi.

2-kun (25.03.2020)

07:00-Nonushta, mehmonxonada.

08:30-Ekskursiya. Imom Al-Buxoriy maqbarasi.

09:00- Buxoro viloyatiga yo‘lga chiqiladi.

12:30-Tushlik.

14:00-Ekskursiya. Sitorai Mohi Xossa saroyi, Hazrat Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohi.

17:00-Buxoro shahriga kelinadi va mehmonxonaga joylashiladi.

19:00-Kechki ovqat.

21:00-Kechki Buxoro bo‘ylab sayr.

22:00-Ikkinchi kun yakunlanadi.

3-kun (26.03.2020)

08:00-Nonushta, mehmonxonada.

09:00-Ekskursiya. Buxoro shahri: Ark kompleksi, Poi-kalon kompleksi, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi, Kalon masjidi, Taki-Zargaron, Mohi Attor masjidi, Labi Hovuz ansambli, Nodir Devonbegi madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Ulug‘bek madrasasi, Labi Hovuz masjidi.

13:00-Tushlik.

14:00-Xiva shahriga yo‘lga chikiladi.

19:00-Xiva shahriga kelinadi va mehmonxonaga joylashiladi.

20:00-Kechki ovqat. Xorazmcha raqs shousi namoyishi.

22:00-Uchinchi kun yakunlanadi.

4-kun (27.03.2020)

08:00-Nonushta, mehmonxonada.

09:00-Ekskursiya. Ichan qal'a arxitektura kompleksi: Pahlavon Mahmud maqbarasi, Tosh Hovli saroyi (Haram), Ko‘hna Ark, Kalta minor, Sherozi Xon madrasasi, Olloqulixon madrasasi, Juma masjidi, Karvon-Saroy, Islom Xo‘ja minorasi, Qutlug‘-Murod inaka madrasasi, Olloqulixon timi.

12:00-Tushlik.

13:00-Erkin vaqt.

14:30-Xorazm viloyat ma'muriy markazi Urganch shahriga kelinadi. Ekskursiya: Yoshlar ko‘li, Jaloliddin Manguberdi yodgorligi, Avesto maydoni, shaharning diqqatga sazavor maskanlari.

17:48-Urganch temir yo‘l vokzaliga kelinadi va sayohat yakunlanadi.

Sayohat narxi bir kishi uchun 1 200 000 so‘mni tashkil etadi.

  • Transport;
  • Mehmonxona;
  • Tushlik;
  • Kechki ovqat;
  • Kirish chiptalari;
  • Gid xizmati;
  • Shou dasturlar;
  • Soliqlar;
  • Bank xizmati;
  • Firma xizmat haqi.

Batafsil ma'lumot:

Manzil: Samarqand shahri, M.Ulug‘bek ko‘chasi 42-uy.

Telefon:
+998 933569008
+998 932379008

Telegram: https://t.me/Turizm_xizmatlari

Reklama huquqi asosida

Top