Jamshidbek Abduqayumov Markaziy ishlab chiqarish-dispetcherlik departamenti boshlig‘i lavozimini egalladi
“O‘zbekneftgaz” AJda yangi rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.
"O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati Markaziy ishlab chiqarish-dispetcherlik departamenti boshlig‘i lavozimiga Jamshidbek Muxtorbekovich Abduqayumov tayinlandi.
Jamshidbek Abduqayumov shu vaqtga qadar Markaziy ishlab chiqarish-dispetcherlik departamenti boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Avvalroq, «O‘zbekneftgaz»da yangi tayinlov amalga oshirilgani xabar qilingandi.