23:46 / 10.03.2020
0
12538

Pentagon Turkiyaga Patriot majmualari yetkazib berilishi shartini aytdi

Turkiyaga Patriot majmualarini yetkazib berish mavzusi Suriyaning Idlib provinsiyasidagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng yana o‘rtaga chiqdi.

Foto: U.S. Army

Turkiya Rossiyaga S-400 majmualarini qaytarib bermagunicha Amerikaning Patriot zenit-raketa majmualarini ololmaydi. Bu haqda Pentagon rahbari yordamchisi Jonatan Xoffman ma'lum qildi.

"Mudofaa vaziri Mark Esperning pozitsiyasi u vazir bo‘lganidan (2019 yil yozidan)buyon aniq edi.  Turkiya Rossiyaga S-400ni qaytarmas ekan, Patriot batareyalarini olmaydi", - dedi Xoffman.

Turkiyaga Patriot majmualarini yetkazib berish mavzusi Suriyaning Idlib provinsiyasidagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng yana o‘rtaga chiqdi.

Seshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShning Turkiya tomonidan Rossiyaning S-400 majmualari sotib olinishiga nisbatan munosabati yumshaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh faqat S-400dan foydalanmaslikni so‘ramoqda.

Turkiyaga Rossiyaning S-400 majmualarini yetkazib berish 2019 yilning iyulida boshlangandi.

Vashington ushbu shartnomadan voz kechishni va uning o‘rniga Patriot majmualarini sotib olishni talab qildi. Aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermaslik hamda sanksiya kiritish bilan tahdid qildi. Anqara bunga rozi bo‘lmadi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada S-400 apreldan boshlab jangovar navbatchilikka qo‘yiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top