16:45 / 11.03.2020
0
12046

Afg‘oniston prezidenti mamlakatda bosh vazir lavozimini bekor qildi

Dushanba kuni G‘ani qasamyod qildi va Afg‘oniston prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. Saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulla Abdulla shu kuni parallel ravishda davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimini o‘tkazdi.

Foto: Foto: Mohammad Ismail / Reuters

Afg‘onistonning qayta saylangan prezidenti Ashraf G‘ani mamlakat rahbarligiga bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalarini tan olmagan Abdulla Abdulla egallab turgan bosh vazir lavozimini bekor qildi. Bu haqda Afg‘oniston prezidentining rasmiy vakili Sidiq Sidiqiyga tayanib TOLOnews telekanali xabar berdi.

Dushanba kuni G‘ani qasamyod qildi va Afg‘oniston prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. Saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulla Abdulla shu kuni parallel ravishda davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimini o‘tkazdi.

Bosh vazir lavozimiga teng ijrochi hokimiyat rahbari lavozimi 2014 yil sentyabrda ikki siyosatchi o‘rtasidagi kelishuv doirasida ta'sis etilgandi. O‘shanda ham Abdulla Abdulla prezidentlik saylovlarida G‘anidan mag‘lubiyatga uchraganini tan olmagandi.

Afg‘onistonda 28 sentabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi rahbari Ashraf G‘ani saylovda 50,64 foiz ovoz to‘plab g‘olib chiqdi. Uning raqibi Abdulla Abdulla saylov natijalarini tan olmadi va o‘zini g‘olib deb e'lon qildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top