19:34 / 11.03.2020
0
5846

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasiga rahbar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasiga rahbar tayinlandi.

Hukumat qarori bilan Sirojiddin Bahromovich Rahmonaliyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Sirojiddin Rahmonaliyev Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

9 mart kuni Vazirlar Mahkamasida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida ko‘cha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va e'lonlarning davlat tilida berilishi singari masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda til masalasiga, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini tubdan oshirishga prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi jiddiy e'tibor qaratayotgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yilning 21 oktyabrdagi qaroriga muvofiq joylarda davlat tilida ish yuritish uchun alohida maslahatchi lavozimi joriy etilgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top