10:20 / 13.03.2020
14486

Urganch va Yangibozor tumanlarida IIB boshlig‘i o‘zgardi

Ichki ishlar vazirining 11 martdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Navro‘z Xudoybergenov

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Navro‘z Baxtiyorovich Xudoybergenov Xorazm viloyati Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar N.Xudoybergenov Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Azamat Masharipov

Podpolkovnik Azamat Yangiboyevich Masharipov Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar A.Masharipov Xorazm viloyati Gurlan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin, IIV tizimida 6ta lavozim tayinlovi amalga oshirilgandi.

Top