23:27 / 14.03.2020
11443

AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 50 nafarga yetdi

Foto: Getty Images

AQShda koronavirus qurbonlari soni 50 kishiga yetdi. Bu haqda matbuot anjumani davomida mamlakat prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

"Jami 50 nafar qurbon. Bu raqam ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo ko‘rilgan choralar tufayli bu yuz bermadi", - dedi u.

Kecha 13 mart kuni prezident Donald Tramp mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi.  Oq uy rahbari virusga qarshi kurashish uchun davlat hech narsani ayamasligini hamda unga qarshi kurashish uchun 50 milliard dollargacha mablag‘ ajratilishi mumkinligini aytdi. Koronavirusga qarshi kurash uchun ishlab chiqilgan ilk dasturda esa AQSh davlat g‘aznasidan 8,5 milliard dollar ajratilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top