14:27 / 14.03.2020
4856

O‘zbekistonliklarga Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga vaqtincha bormay turish tavsiya qilindi 

TIV vatandoshlarga favqulodda zarurat bo‘lmasa Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga vaqtincha bormay turishlarini tavsiya qildi

Foto: Nacho Doce/Reuters

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan yoki mazkur davlatlarga borishni rejalashtirayotgan fuqarolariga tavsiya bilan chiqdi.

Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan bog‘liq holatning og‘irlashishi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiyaning e'lon qilinishi munosabati bilan va uning mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaror qildi:

2020 yilning 14 martidan boshlab O‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlarni to‘xtatish;

Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Fransiya Respublikasi va Ispaniya Qirolligi fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishini vaqtincha to‘xtatish;

oxirgi 14 kun ichida yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga borgan barcha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga kirishini vaqtincha to‘xtatish.

Ushbu cheklov choralari diplomatik va xizmat pasporti egalariga, so‘nggi 14 kun ichida yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda bo‘lmagan boshqa chet el davlatlarining fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, TIV vatandoshlarga favqulodda zarurat bo‘lmasa Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga vaqtincha bormay turishlarini tavsiya qiladi va ushbu davlatlar hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda quyidagi elchixonalarga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:

Parij shahridagi elchixona (Ishchi guruh):
Furqat Qodirov, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, +33187866491
siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, konsul, birinchi kotib, +33153300355
Shavkat Toshev, uchinchi kotib, +33153300354
Sardor Salimov, attashe, +33187866490
Otabek Ungbayev, Uzbekistan Airways’ning Parij shahridagi vakili, +33145224550

Madrid shahridagi elchixona:
+34 91 3101639

London shahridagi elchixona:
+44 207-2297679, +44 871-468-1100.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top