08:22 / 18.03.2020
9817

German Gref Rossiya iqtisodiyoti uchun eng salbiy ssenariy haqida gapirdi

Foto: Sergey Fadeichev/TASS

«Sberbank» rahbari German Gref kredit tashkiloti xodimlari tomonidan modellashtirilgan, Rossiya iqtisodiyoti uchun eng salbiy ssenariy haqida gapirdi, deb yozadi «Vedomosti». U bir barrel neft narxi 20 dollarga teng bo‘lishini va dollarning kursi 100 rublni tashkil etishini nazarda tutadi.

Shu bilan birga, Grefning ta'kidlashicha, ushbu ssenariyda ham «Sberbank» va uning mijozlari uchun «dramatik oqibatlar kelib chiqmaydi». Bank, asosan, likvidlik va kapitalning yetarliligi nuqtayi nazaridan Markaziy bankning barcha normativlariga amal qilishga qodir bo‘ladi.

Eng salbiy ssenariy bir vaqtning o‘zida iqtisodiyot uchun bir nechta zarbalarni o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarish zanjiridagi tanaffuslar, ba'zi korxonalarning yopilishi.

Shuningdek, Grefning qayd etishicha, ta'riflangan sharoitlarda ham «Sberbank» aksiyadorlarga sof foydaning 50 foizi miqdorida dividendlar to‘lashi mumkin.

6 mart kuni OPEK+ bitimining amalga oshmasligi natijasida neft narxi keskin tushib ketdi - bir barrel uchun 30 dollargacha, bu 2016 yildan beri kuzatilmagandi.

Top