15:27 / 19.03.2020
16713

Buxoroda mushtumzo‘rlik bilan boshlangan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 16 mart kuni soat 17:30da Buxoro viloyati Jondor tumani “Arabxona” qishlog‘ida 29 yoshli D.Ch. yashash uyini oldida hamqishlog‘i 31 yoshli J.S. bilan o‘zaro tortishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, J.S. undan nima sababdan ukasi B.S.ni urganligi haqida so‘rab, yuz qismiga ikki marotaba mushti bilan urganligi natijasida o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida D.Ch. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan J.S.ga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Natijada J.S. tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, D.Ch. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top