22:46 / 19.03.2020
41265

Uxan universitetida o‘qigan arxitektor qiz Erkinjon Turdimovga maslahatchi bo‘ldi

Turdialiyeva Taxmina Husanovna Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning qurilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Taxmina Turdialiyeva 2020 yil 18 martdagi viloyat hokimi qaroriga ko‘ra vazifasiga kirishgan. U Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. Shuningdek, Xitoydagi Uxan texnika universiteti hamda Xuanjun ilm-fan va texnologiya universitetlarida ta'lim olgan.

«Yacademy» yosh arxitektorlar akademiyasida malaka oshirgan Turdialiyeva tayinlovga qadar Xitoyning «Cube design» arxitektura korxonasida faoliyat yuritayotgan edi.

Top