14:06 / 20.03.2020
8715

EPSILON (EDC): Bahoriston-2 qudug‘idagi uglevodorodlarning sanoat miqyosidagi oqimi kunlik hajmi 250 ming kub.m gacha ortdi

Foto: EPSILON

Qayd etilgan mazkur miqdor 10 mm li shtutser yordamida olindi. Qazib chiqarilayotgan gaz mahsulotining hammasi aholining ehtiyojini ta'minlash uchun ichki bozorga yuborilmoqda.

Avval xabar berilganidek, «Schlumberger» xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda yaqinda ochilgan kondagi quduqda geofizik tadqiqotlar olib borilgan edi. Bir qator qilingan ishlar, jumladan quduqni kislota bilan qayta ishlash natijasiga ko‘ra, uglevodorodlarning sanoat miqyosidagi oqimining ortishiga erishildi.

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Top