13:51 / 23.03.2020
3727

3,4 mingdan ziyod maktablar dezinfeksiya qilindi - XTV

Hozirgi paytda Xalq ta'limi tizimidagi boshqa maktablarda ham dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilyapti

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekistonda bugungi kunga kelib 3,4 mingdan ziyod maktablarda dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirildi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta'lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash maqsadida joylarda mutaxassislar tomonidan dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Hozirgi paytda Xalq ta'limi tizimidagi boshqa maktablarda ham dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilayotgani aytiladi.

Bundan oldin, maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar to‘rtta telekanal orqali efirga uzatilishi ma'lum qilingandi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top