14:23 / 23.03.2020
8694

Chet el fuqarolarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha charter reyslarni tashkil qilish 3 kunga qoldirildi 

Bunga sabab - Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan so‘ng karantinda bo‘lishidir

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik vakolatxonalarga maxsus ma'lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, xorijiy fuqarolarni O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha charter reyslarni tashkil etish 3 kunga qoldirildi.

Bundan oldin, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining chet el fuqarolarini O‘zbekistondan olib chiqish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida qarori e'lon qilingandi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, reyslarning 3 kunga qoldirilishi joriy epidemiologik vaziyat, xususan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ekipajining noqulay epidemiologik vaziyatga ega mamlakatlardan qaytganidan keyin karantinda bo‘lishi sharoitidan kelib chiqib qabul qilindi. 

Reyslarning aniq vaqti haqidagi ma'lumotlar rasmiy kanallar orqali o‘z vaqtida e'lon qilinishi aytilgan.

Avvalroq, «Vnukovo» aeroporti rahbariyati o‘zbekistonliklarning vaqtincha turishi uchun terminal ajratgani xabar berilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top