07:51 / 23.03.2020
26995

O‘zbekistonning 253 nafar fuqarosi Novosibirskdan olib kelindi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tolmachevo aeroportidan Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini bajardi 

Foto: Uzbekistan Airways

Kecha, 22 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tolmachevo aeroportidan Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini bajardi. Havo kemasida 253 nafar yo‘lovchi - O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, mazkur qatnov transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov, boshqaruv raisining o‘rinbosari, tijorat va turizm bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi Shuhrat Xudoyqulov hamda Tashqi ishlar vazirligi komissiyasi a'zolari ko‘magida va yordamida amalga oshirildi.

Bildirilishicha, yo‘lovchilar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda aviakompaniyaning charter qatnovlari jadvalini ishlab chiqargan Maxsus respublika komissiyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Uzbekistan Airways’ning keyingi charter qatnovlari haqidagi barcha ma'lumotlar aviakompaniya saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinishi aytilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top