12:30 / 23.03.2020
10356

Sodiq Safoyev: «Bu ofatga qarshi kurash faqat hukumatning ishi emas»

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev koronavirusga qarshi kurashda jamiyat birlashishi muhim ekanini aytib o‘tdi.

Foto: Xalqaro press-klub

«Xorijning iqtisodiy ma'lumotlarini o‘rganib chiqdim. O‘zbekiston hukumati, O‘zbekiston rahbari tomonidan koronavirusga qarshi dasturlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar kishi boshiga hisoblaganda boshqa eng rivojlangan davlatlarda ajratilgan mablag‘lardan ko‘proq bo‘lib chiqyapti. Bu nihoyatda muhim», dedi Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubda koronavirusga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari koronavirusga qarshi kurashish har bir fuqaroning ishi ekanini ta'kidladi. 

«Bu ofatga qarshi kurash faqatgina hukumatning ishi bo‘lolmaydi. U butun jamiyat, har birimizning ishimiz. Hech kim chetda turolmaydi», deya Safoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senatorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Mehr-shafqat va salomatlik jamiyati» fondiga pul o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishgani haqida aytib o‘tildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top