19:32 / 24.03.2020
7056

Yevroittifoq mamlakatlariga kirishga qo‘yilgan cheklov uzaytirilishi mumkin

Koronavirus tarqalishi sababli YeI mamlakatlari 18 mart kuni uchinchi davlatlar fuqarolarining Yevroittifoq hududiga zarur bo‘lmagan safarlarini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Foto: Reuters

Yevroittifoq mamlakatlari uchinchi davlat fuqarolarining kirishlariga qo‘yilgan taqiqni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib uzaytirishi mumkin. Bu haqda Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Adalber Yans ma'lum qildi.

"Dastlab qaror 30 kunga qabul qilingandi, ammo vaziyatning rivojlanishidan kelib chiqib uzaytirilishi mumkin", - dedi Yans.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Irlandiyadan tashqari, YeI davlatlari va Shengen hududi bilan bog‘langan barcha mamlakatlar safarlarni cheklash to‘g‘risidagi qarorga amal qilmoqda.

Koronavirus tarqalishi sababli YeI mamlakatlari 18 mart kuni uchinchi davlatlar fuqarolarining Yevroittifoq hududiga zarur bo‘lmagan safarlarini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top