21:28 / 25.03.2020
11344

Karantinda uydan chiqmay soliqlarni to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi

Yuzaga kelgan karatin davomida masofadan turib, soliq majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etildi.

Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish va qulaylashtirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan SOLIQ mobil ilovasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Amaliyotga tatbiq etilayotgan mobil ilova orqali jismoniy shaxslar uchun:

  • soliqlarni to‘lash (yer va mol-mulk soliqlari);
  • ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumot olish;
  • STIRni aniqlash;
  • huquqbuzarlik haqida xabar berish;
  • soliq to‘lovchi haqida ma'lumot olish;
  • shaxsiy hisobvaraq ma'lumotlari olish (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, ustama-penya);
  • soliq organlari haqida ma'lumot olish;
  • chekni ro‘yxatga olish;
  • soliqni hisoblash kalkulyatori;
  • soliq obektlari to‘g‘risida ma'lumot olish imkoniyat yaratilgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:

  • soliq organlari haqida ma'lumot olish;
  • shaxsiy hisobvaraq ma'lumotlari olish (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, ustama-penya);
  • soliq organi rahbari qabuliga yozilish;
  • soliq to‘lovchi haqida ma'lumot olish;
  • soliqni hisoblash kalkulyatori;
  • soliqni to‘lash (to‘lov topshiriqnoma yaratish, to‘lash, to‘lov topshiriqnomasi holati);
  • soliqqa oid tushuntirishlar olish;
  • soliq imtiyozlari haqida ma'lumot olish.

Yuridik shaxslar uchun:

  • soliqni to‘lash (to‘lov topshiriqnoma yaratish, to‘lash, to‘lov topshiriqnomasi holati);
  • soliq hisobotlari holatini tekshirish;
  • soliq organlari haqida ma'lumot olish;
  • shaxsiy hisobvaraq ma'lumotlari (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, ustama-penya);
  • solishtirma dalolatnoma shakllantirish;
  • soliq organi rahbari qabuliga yozilish;
  • soliq to‘lovchi haqida ma'lumot olish;
  • soliqni hisoblash kalkulyatori;
  • soliqqa oid tushuntirishlar olish;
  • QQS to‘lovchilari haqida ma'lumot olish;
  • soliq imtiyozlari haqida ma'lumot olish;
  • soliq nizolari to‘g‘risida ma'lumot olish mumkin.

Shu bilan birga, barcha turdagi foydalanuvchilar uchun soliq va majburiy to‘lovlarning to‘lov muddatlari to‘g‘risida xabar beruvchi “Taqvim” mavjud.

Ta'kidlanishicha, jismoniy shaxslar shaxsiy kabinetiga Elektron raqamli imzo (ERI) yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) orqali kirishi mumkin. 

Agar foydalanuvchi narxlarning sun'iy ravishda oshirilishi holatlariga guvoh bo‘lsa, mobil ilova orqali bu haqda soliq organlariga xabar berishi mumkin. Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini SOLIQ mobil ilovasi orqali to‘lashlari mumkin. Yuridik shaxslar va  Yakka tartibdagi tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun, SOLIQ mobil ilovasi orqali to‘lov topshiriqnoma shakllantiradi va to‘laydi. Ushbu to‘lovlar onlayn tarzda soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘ida qayd etiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top