23:01 / 25.03.2020
97775

Namanganda virusdan zararlangan bir kishi aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qilishicha, Namangan viloyatida yana bir kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

Foto: Reuters

«Shu soatgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshib, 60 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiya Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun O‘zbekistonda virusdan zararlanganlar soni 10 kishiga ko‘paydi.

Bundan oldinroq, 26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatilishi haqida xabar berilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top