08:45 / 26.03.2020
34782

MB to‘lov tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritishni taklif etmoqda

Bir qator normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga taqdim etildi 

Foto: Markaziy bank

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan Markaziy bankning bir qator normativ-huquqiy hujjatlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga taqdim etildi, deb yozmoqda Norma.
 
1. MB boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. 

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom qayta ko‘rib chiqilib, yangi tahrirda ishlab chiqildi. Amaldagi Nizomning Tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi talablari chiqarib tashlandi. Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish tartiblariga o‘zgartirishlar kiritildi.
 
Shuningdek, olingan kreditlar qaytarilishi uchun kafil bo‘lgan sub'yektlardan qarzdorliklarni undirish maqsadida aksepsiz to‘lov talabnomasi, nafaqat kredit, balki unga hisoblangan foizlarni undirish uchun ham taqdim etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
 
Hujjat loyihasida bank amaliyotida yana bir holatga tez-tez duch kelinayotganligi qayd etilmoqda. Unda oluvchi tugatilgan taqdirda, uning foydasiga taqdim qilingan hamda 2-son kartotekaga joylashtirilgan to‘lov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini, oluvchilarning tugatilganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar asosida chaqirib olish mexanizmi yoritib berilgan.
 
2. MB boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
 
Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri – foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, Internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida MB O‘zbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari belgilangan.

Mavzuga oid
Top