17:16 / 26.03.2020
7922

Pedagoglarning attestatsiya imtihonlari onlayn o‘tkazilmaydi

Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova pedagog kadrlar attestsiya imtihonlari onlayn tashkil etilmasligini ma'lum qildi.

Foto: Facebook /seaclinic

«Shu yili 2-7 mart kunlari Toshkent shahrining birinchi va oliy toifaga topshirgan pedagoglari uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Viloyatlarniki 25 martdan boshlanishi kerak edi, karantin sababli to‘xtatildi.

Pedagog kadrlar attestatsiyasini uyda onlayn topshirish tashkil etilmagan. Karantin davri tugagandan keyin, imtihon muddatlari bo‘yicha bir necha kun oldin xabar beriladi. Jarayon kechikib, sertifikatning amal qilish muddati tugab qolsa, o‘qituvchining malaka toifasi tushirib yuborilmaydi», dedi Madrahimova AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda.

Brifingda barcha ta'lim muassasalari attestatsiyasi qachon o‘tkazilishi haqidagi savolga ham izoh berildi.

Qayd etilishicha, karantin davrida attestatsiya jarayonlari to‘xtatilgan va bu haqda hududiy attestatsiya komissiyalariga xabar berilgan. Hozirda inspeksiya attestatsiya hujjatlarini masofadan turib tahlil qilish rejimida ish olib bormoqda. Ya'ni ta'lim muassasalari va ekspertlar o‘rtasida elektron ko‘rinishda hujjatlar almashinuvi yo‘lga quyilgan.

Ta'lim muassasalariga tashrif buyurgan holda o‘rganish (dars tahlillari, ta'lim oluvchilar, pedagoglar, ota-onalar va ish beruvchilardan so‘rovnomalar, sifatli ta'lim olish uchun yaratilgan sharoitlarga baho berish) karantin tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Bu yilgi attestatsiyalar o‘tkazish rejasida belgilangan barcha ta'lim muassasalari qamrab olinadi.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top