08:09 / 26.03.2020
13919

Toshkent IIBB ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay qochib ketgan Nexia haydovchisi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda oq Nexia haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay qochib ketgani tasvirlangan videolavha joylashtirildi.

Toshkent shahar IIBB ma'lumotiga ko‘ra, ushbu videotasvirlar joriy yilning 22 mart kunidan 23 mart kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 02:00da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olinganligi aniqlandi.

Yashnobod tumani IIO FMB 2-son IIB tomonidan xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari o‘z xizmat yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan vaqtda, oq rangli Nexia rusumli avtomobil egasi 27 yoshli A.X. ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtash ishorasi ko‘rsatilganiga qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylandi, deyiladi ma'lumotda.

Top