10:41 / 27.03.2020
26630

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Ilhom Norqulov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi sababli o‘z lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Botir Zohidov egallaydi.

Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ibrohimovich Norqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Prezident farmoni bilan uning o‘rniga shu vaqtgacha Markaziy bank Rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Botir Erkinovich Zohidov MB raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Botir Zohidov (o‘rtada)

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Ilhom Norqulov Iqtisodiyot va sanoat vazirligi o‘rnida tashkil etilayotgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.

Ilhom Norqulov 2018 yilning aprel oyidan Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2019 yil mayida Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Ilhom Norqulov

Botir Zohidov esa 2017 yil avgustidan buyon MB raisi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Top